
Billing tizimi
Billing tizimi foydalanilgan ma’lumotlarni yig‘ish, barcha ma’lumotlarning billing jarayonlari bo‘ylab to‘g‘ri hisobga olinishi, billing ma’lumotlarini boshqa tizimlarga o‘tkazish, billingga tegishli elementlar va narxlarni tasdiqlash, shartnoma ma’lumotlari, narxlar va foydalanish ma’lumotlarini bir-biriga bog‘lash, to‘g‘ri to'lov qilish uchun shartnomalarni boshqarish hamda billinglarni birlashtirish yoki ajratish kabi ko'p vaqt talab qiluvchi va xatolarga moyil bo‘lgan ko‘plab vazifalarni avtomatlashtirishga yordam beradi hamda bu vaqtingiz va pulingizni tejaydi.
Billing dasturini ishlab chiqish orqali quydagi afzalliklarga ega bo'lish mumkin:
- Inson yordamida qilinadigan ishlarni va xatolarni kamaytirish
- To‘lov sikllarini qisqartirish, naqd pul oqimini yaxshilash
- Daromadning tushishini kamaytirish
- Bozorga tezroq chiqish
- Hisob-kitoblarni tezkor solishtirish
- Tezroq to‘lovlar uchun qo‘shimcha to‘lov variantlari
- Operatsion xarajatlarni kamaytirish
- Shaffoflikni oshirish
- Kuzatishni yaxshilash va normativ talablarni yaxshiroq bajarish
- Xavfsizlik xatarlari va firibgarlikni kamaytirish
- Hisobotni yaxshilash
- Istalgan vaqtda va istalgan joydan foydalanish imkoniyati
- Mijozlar haqida yagona to‘g‘ri manba
- Yaxshilangan mijozlar tajribasi
Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan billing dasturlarini ko‘rib chiqqanda, ular lokal yoki kloud asosda ishlovchi tizimlar deb tasniflanadi. Biroq, qaysi billing yechimi biznesingiz uchun mos ekanligini aniqlash biroz ko‘proq rejalashtirish talab qiladi.
Qanday qilib to‘g‘ri billing dasturini tanlash mumkin?
Kompaniyangiz uchun to‘g‘ri billing dasturini tanlash ko‘plab omillarni hisobga olishni talab qiladi. Ushbu maslahatlarni yordamida siz hozirgi talablaringiz va ehtiyojlaringizga mos keladigan billing dasturini tanlashga yordam beradi.
1.Dastur talablarini aniqlab oling
Bu oddiy tuyulishi mumkin, lekin ehtiyojlarni aniq tushunmasdan, sizga kerak bo‘lgan funksiyalar va imkoniyatlarga ega bo‘lmagan tizimni sotib olishingiz yoki aksincha, hech qachon ishlatmaydigan ortiqcha funksiyalarga ega tizimni ishga tushirishingiz mumkin. Billing dasturiga bo‘lgan talablar kompaniya hajmi, mijozlar soni, billing jarayonining murakkabligi va tranzaksiyalar hajmiga qarab o‘zgaradi, shuning uchun sizning dasturingiz talablari boshqa dasturlardan farq qilishi mumkin.
2. Funksiyalar va imkoniyatlarni taqqoslang
Bir necha billing dasturi paketlarini, ularning funksiyalari va imkoniyatlarini dastur talablari bilan taqqoslang. Billing dasturi boshqa tizimlar bilan muammosiz integratsiyani ta'minlashiga, shuningdek, biznesingiz o‘sishi bilan kengaytirilish imkoniyatiga ega bo‘lishiga ishonch hosil qiling. Bundan tashqari, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash, vazifalarni avtomatlashtirish va foydalanish qulayligi kabi boshqa omillarni ham inobatga oling.
3.Byudjetingizni aniqlang
Dastur talablarini tushungan holda, lokal billing dasturi sizning dasturingiz uchun zarur xizmatlarni ta’minlay olishini aniqlab olishingiz kerak. Lokal billing dasturi odatda bir martalik yuqori boshlang‘ich to‘lovni talab qiladi. Vaqt o‘tishi bilan siz dasturiy ta’minotni yangilash va tizimni ishlash holatida saqlab turish uchun qo‘shimcha xarajatlar to‘lashingiz mumkin. Shu bilan birga cloud billing dasturi oylik, choraklik, yarim yillik yoki yillik to‘lanadigan tariff rejalarini taklif qiladi.
4.Oldindan tayyorlangan shablonlar va sozlash
Oldindan tayyorlangan hisob-faktura shablonlari standart sifatida taqdim etishi bilan birga, billing tizim hisob-fakturani dasturga moslashtirish imkoniyatini ham berishi kerak. Shuningdek, dizayn elementlari biznes bo‘limlari, yetkazib beruvchilarga yagona hisob-fakturalarni yaratish imkoniyatini taqdim etishi kerak.
5. Daromadni hisobga olish
Yechim daromadlarni boshqarishni avtomatlashtirish va naqd pulgacha bo‘lgan jarayonlarni, daromadni hisobga olish jarayonlarini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
6.Xavfsizlik funksiyalari