Loyiha ma'lumotlari
CALL-MARKAZ
Call Center loyihasi mijozlar bilan oʻzaro aloqalarini optimallashtirishga intilayotgan kompaniyalar uchun kengaytiriladigan va foydalanuvchilar uchun turli xil ko’rinishdagi xizmatlarni o’zida mujassamlashtirgan tizim hisoblanadi. Mijozlaringizdan kelayotgan murojaatlarni barchasini bir joyga jamlash orqali siz kompaniyangizda ish samaradorligini oshirishingiz, xizmat yoki tovarlaringiz sifatini mijozlarning taklif va talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirishingiz mumkin. Bir vaqtning o’zida millionlab foydalanuvchilarning murojaatlarini qabul qilishga mo’ljallangan ushbu platforma, 24/7 rejimida telefon qo’ng’iroqlari, tashqi (public) va ichki (private) turdagi chatlar, matn va audio formatidagi sun’iy intellektga asoslangan savol-javoblar bilan birgalikda kompaniyaning filiallari, mijozlari va xizmatlar haqida to’liq ma’lumot olish uchun geoinformatsion xaritadan foydalanish imkoniyatini ham taqdim etadi. Bundan tashqari siz mijozlaringizga kompaniyangizda bo’layotgan yangiliklar yoki muammolar haqida bildirishnomalar yuborishingiz, murojaatlar monitoringi hamda boshqaruvni nazorat qilishingiz mumkin. Kelayotgan xabarlarni sun’iy intellekt asosida tahlil qilish orqali shakllanib boradigan bilimlar bazasi hamda NLP ya’ni tabiiy tildagi xabarlarni tushunish va qayta ishlash tizimlaridan foydalangan holda so’rovlarga avtomatik javob berish xizmati kompaniyangizda mijozlarga xizmat ko’rsatish samaradorligini oshirishda eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. Kompaniyaning talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladigan ushbu platforma moslashuvchanligi va o’z-o’zini takomillashtirib borishi bilan ajralib turadi!