City lighting system

Loyiha ma'lumotlari

  • Toifalar: IoTni avtomatlashtirish va rivojlantirish
  • Mijoz:
  • Loyiha sanasi: 10/01/2023
  • Loyiha URL manzili:

City lighting system

Shahar Ko`chalarini Yoritishni Avtomatlashtirish Loyiha shahar ko‘chalarida energiyani samarali boshqarish va monitoring qilishga qaratilgan. Bugungi kunda ko‘chalarga o‘rnatilgan yoritish tizimlarining 80% dan ortig‘i fotoelektrik sensorlar yordamida boshqariladi, bu esa faqat tunda ishlashni ta’minlaydi. Biroq, bu usulda energiya sarfini real vaqtda kuzatish va tizimni online boshqarish imkoniyati mavjud emas. Innovatsion boshqaruv bloklari Biz raqamli texnologiyalarga asoslangan boshqaruv bloklarini ishlab chiqdik, ular ko‘cha chiroqlarini energiya taqsimlash shkaflarini to‘liq avtomatik boshqarish imkonini beradi. Shu bilan birga, 24/7 holatda monitoring va energiya sarfi bo‘yicha ma'lumotlarni olish imkoniyati mavjud. Qo‘shimcha imkoniyatlar: Har bir yoritgichni drayverlar orqali individual boshqarish, yoqish/o‘chirish, dimming funksiyasi va soatlik, kunlik, oylik hisobotlarni olish mumkin. Ko‘chadagi chiroqlar A, B va C segmentlarga bo‘lingan va har bir segmentni individual yoki avtomatik tarzda boshqarish mumkin. Grafik yordamida segmentlarni turli vaqt oralig‘ida boshqarish imkoniyati yaratilgan. Energiya samaradorligi va foydalar: Loyihamiz 80% gacha energiya samaradorligiga erishishni ta'minlaydi, bu esa katta shaharlar uchun sezilarli natijalar beradi. Elektr energiyasi uchun to‘lovlar 70% gacha qisqarishi mumkin. Limitdan tashqari energiya sarfini avtomatik boshqarish va monitoring qilish imkoniyati mavjud. Xaritalar orqali joriy faol chiroqlarni ko‘rish va tamirga muhtoj chiroqlarni tez aniqlash imkoniyati yaratilgan